Joriy yilning 29- sentabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan joriy yilning sentabr oyi davomida qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha senminar o‘tkazildi. Seminarda ushbu oyda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fvrmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Seminarda ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berib o‘tildi.