Joriy yilning 25- sentabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish" mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i S. Melixujayev va bosh yuriskonsult B.Ismatullayevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022- yildagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-240-son Qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazilib, unda Qarorning muhim jihatlaridan biri, ya’ni davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni (yillik) baholash va korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalarini Reestrga kiritish har yili 1- martga qadar amalga oshirilishi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash davlat tashkilotlari tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan tashkil etilishini, davlat tashkilotining faoliyati kelishilgan holda mustaqil tashkilot tomonidan tashqi baholashdan o‘tkazilishi mumkinligini hamda davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish bo‘yicha axborotlarini eshitish va natijasiga ko‘ra kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritiilishi hamda ushbu yo‘nalishda kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilishi, ijobiy natijalarga erishgan davlat tashkilotlarining tajribasini keng ommalashtirish yo‘lga qo‘yilishi ham ta’kidlandi. Bundan tashqari, seminar yig‘ilishi davomida davlat statistika organlarida mazkur yo‘nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish, tizimli nazorat o‘rnatish va sud hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar muhokama etildi.