O’zbekistonda 2023-yilning 1-sentabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 414 927 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 411 306 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni hududlar kesimida quyidagicha:
Toshkent shahrida – 84 199 ta
Toshkent viloyatida – 38 276 ta
Samarqand viloyatida – 36 931 ta
Farg‘ona viloyatida – 35 649 ta
Qashqadaryo viloyatida – 28 929 ta
Buxoro viloyatida – 26 823 ta
Andijon viloyatida – 24 149 ta
Xorazm viloyatida – 23 496 ta
Namangan viloyatida – 22 992 ta
Surxondaryo viloyatida – 20 829 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 21 125 ta
Navoiy viloyatida – 19 877 ta
Jizzax viloyatida – 16 880 ta
Sirdaryo viloyatida – 11 151 ta