Joriy yilning 6-oktabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 16.06.2023- yildagi “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida” O‘RQ-848-son Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha senminar o‘tkazildi.
Seminarda davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar haqida tushunchalar berilib, jumladan kam ta’minlangan shaxslarga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga va ma’muriy sudlarga taalluqli bo‘lgan ishlar bo‘yicha ko‘rsatilishi, xususan, ularga
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash to‘g‘risidagi;
ishga tiklash haqidagi;
ish haqini undirish to‘g‘risidagi;
alimentlarni undirish haqidagi;
uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va ko‘chirish to‘g‘risidagi;
mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarining va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi hamda ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan kam ta’minlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ushbu shaxslar tomonidan ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda ko‘rsatilishi tushuntirildi.
Shuningdek, Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning huquq va majburiyatlari hamda murojaat qilishi tartibi va davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha haq to‘lash bo‘yicha ishtirokchilirga batafsil tushunchalar berildi.
Seminarda ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berib o‘tildi.