2023-yilning o‘tgan 8 oyi davomida chakana savdoning ulushi umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb to‘rtdan uch qismini, aniqrog‘i, 62,3 %ni tashkil etdi.
2023-yilning yanvar-avgust oylarida ulgurji savdo xizmatlari ulushi (avtomobil va mototsikl savdosidan tashqari) 29,5 %ga yetdi. Savdo xizmatlari tarkibida eng kam hajmni avtomobil va mototsikllar ulgurji va chakana savdosi (shu jumladan, ularni ta’mirlash) bo‘yicha xizmatlar ulushi (8,2 %)ni tashkil etdi.