12/10/2023

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Uchqo'rg'on tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 517,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022-yil yanvar-avgust oylariga nisbatan 106,3 %ga yetgan. Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining ulushi 496,5 mlrd. so‘mni, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 21,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2 mln. 837,3 ming so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.