2023-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 7 442,0 tonna uzum ishlab chiqarildi. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 15,4 % ga ko‘p. Uzum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, uzum ishlab chiqarish umumiy hajmidan 68,4 % i dehqon tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Namangan viloyati bo‘yicha uzum yetishtirish hajmida eng yuqori ulush Chortoq tumanida 1 685 tonnani tashkil etgan.