13/10/2023

Joriy yilning 13-oktabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.09.2023-yildagi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-319-son Qarori to‘g‘risida tushunchalar berdi.

Mazkur qarorga ko‘ra, 2023-yil 15-oktabrdan boshlab respublikaning 28 ta tuman (shahar)da eksperiment tariqasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilishini, ular og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar va oilalarga bevosita mahalla darajasida kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishини hamda 2024- yil 1- yanvardan boshlab davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallarida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan «Ijtimoiy xizmat darchalari» faoliyati to‘liq tashkil etilishini ta’minishi,  joriy yil 1- noyabrga qadar «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida ijtimoiy xizmatlarni muvofiqlashtiruvchi alohida elektron modul (e-case) ishlab chiqilishi hamda uning faoliyat ko‘rsatishi, 2023-yil 1-dekabrga qadar Ijtimoiy himoya ATga «Mehr daftari», «Saxovat va ko‘mak», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» axborot bazalari, shu jumladan ushbu daftarlarga kiritilgan fuqarolar hamda ularga tayinlangan to‘lovlar to‘g‘risida ma’lumotlar integratsiya qilinishini ta’minishini ham tushuntirdi.

Seminar davomida B.Ismatullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.09.2023- yildagi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-319-son Qarori to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga batafsil tushunchalar berildi.


 Seminarda ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berib o‘tildi.