2023-yil yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatning Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 268,1 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 72,4 mln.AQSh dollariga ko‘paygan.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 194,7 mln.AQSh dollarini, import hajmi esa 73,4 mln.AQSh dollarini tashkil etgan.
Ma’lumot o’rnida, Namangan viloyati o’tgan 8 oyda 75 dan ortiq davlatlar bilan tashqi savdo aloqlarini amalga oshirgan bo’lib, Viloyat tashqi savdo aylanmasida Rossiya davlatining ulushi 29,7 % bilan birinchi o’rinni egallagan.