16/10/2023

2023-yilning yanvar-avgust oylarida To‘raqo'rg'on tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 832,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022-yil yanvar-avgust oylariga nisbatan 104,8 %ga yetgan. Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining ulushi 753,8 mlrd. so‘mni, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 79,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3 mln. 459,1 ming so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.