📊 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 33 trln. 664,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,3 % ga o‘sdi.
📉 YAHM deflyator indeksi 2022- yilning mos davridagi narxlarga nisbatan 110,6 % ni tashkil qildi.
👨👩👧 Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 11 mln. 135,1 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 3,0 % ga yuqoridir.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAHM ishlab chiqarishning o‘sish surʼatlari:
🏗 Qurilish - 105,5 %
🏭 Sanoat - 107,0 %
⚒ Xizmatlar - 104,6 %
🏕 Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi -104,9 %ni tashkil etgan.
✅ Maʼlumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YaIMning shakllanishida Namangan viloyatining qo‘shgan hissasi 4,5 % ga yetdi.