19/10/2023

Joriy yilning 19-oktabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Xoliqov, Norin tumani "Shohidon" mahallasida uy-joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, B. Xoliqov intervyuyerlar tomonidan o’tkazilayotgan kuzatuvida qatnashdi hamda shu mahallada istiqomat qiliuvchi Sodiqova Manzura bilan yaqindan suhbatlashdi. Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuyerlar kerakli topshiriqlar berdi.

Ma'lumot o'rnida, uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.