2023-yilning 1-oktabr holatiga Namangan viloyatida 5084 ta sanoat korxonalari faloiyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 14 trln. 848,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davriga nisbatan 2 trln. 135,7 mlrd. so‘mga ko‘paygan. Jumladan, 2023- yilning yanvar-sentabr oylari davomida ishlab chiqaradigan sanoatda 34,3 ming tonna bug‘doy uni, 14,0 ming tonna paxta tolasi, 6,5 ming. tonna yog‘ mahsulotlari hamda 384,8 ming dona trikotaj kiyimlar ishlab chiqariligan.