20/10/2023

2023-yilning 1-oktabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni  5 084 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 18,2 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 5 034 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • Namangan shahri – 1 832 ta
  • Namangan tumani – 406 ta
  • Chust tumani –399 ta
  • Kosonsoy tumani – 396 ta
  • To‘raqo‘rg‘on tumani – 369 ta
  • Uychi tumani – 345 ta
  • Uchqo‘rg‘on tumani – 282 ta
  • Pop tumani – 261 ta
  • Norin tumani – 239 ta
  • Yangiqo‘rg‘on tumani – 223 ta
  • Chortoq tumani – 200 ta
  • Mingbuloq tumani – 132 ta