20/10/2023

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

1989- yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, 2020-yilning 10-aprel kuni O'zbekiston  Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O'zbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida»gi qonunni imzoladi.

Qonunga asosan, 21-oktabr O'zbek tili bayrami kuni etib belgilangan.

Namangan viloyat statistika boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O'zbek tili bayrami kuni bilan tabriklaydi.