Joriy yilning 20-oktabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 13.09.2023- yildagi “Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-868-son Qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi O‘zbekiston Respublikasining hududi doirasini (quruqlikni, suvni, yer qa’rini va samoviy hududni) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo‘ylab o‘tuvchi vertikal sathdan iboratligini, davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan amalga oshirililishi, Davlat chegarasi delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilinishini va shu bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasining va chegaradosh davlatlarning vakillaridan iborat bo‘lgan hukumatlararo komissiya tomonidan amalga oshirilishi, Hukumatlararo komissiyadagi O‘zbekiston Respublikasi vakillarining tarkibi va ularning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanishi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.
Seminarda ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berib o‘tildi.