2023-yilning 1-oktabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 27 877 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 77,5 foizni tashkil etib va shu bilan birga 74,5 foizini (23 409 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
- Namangan shahri – 8 601 ta
- Chust tumani – 2 342 ta
- Pop tumani – 2 047 ta
- Uchqo‘rg‘on tumani – 1 938 ta
- To‘raqo‘rg‘on tumani – 1 865 ta
- Namangan tumani – 1 754 ta
- Chortoq tumani – 1 727 ta
- Uychi tumani – 1 702 ta
- Kosonsoy tumani – 1 674 ta
- Yangiqo‘rg‘on tumani – 1 481 ta
- Norin tumani – 1 426 ta
- Mingbuloq tumani – 1 320 ta