24/10/2023

Viloyatimizda 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 3 614 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 1 425 ta
  • sanoat sohasida – 692 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 381 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 187 ta
  • qurilish sohasida – 168 ta
  • tashish va saqlash sohasida – 148 ta
  • axborot va aloqa sohasida – 89 ta
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 79 ta
  • boshqa sohalarda – 445 tani tashkil etgan.