24/10/2023

Namangan viloyati doimiy aholisi soni 2023-yil 1-oktabr holatiga 3 mln. 49 ming kishini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 69,7 ming kishiga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 1 mln. 978,1 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 64,9 %), qishloq aholisi soni 1 mln. 70,9 ming kishini (35,1 %) tashkil etdi.
Shuningdek, doimiy aholining 1 mln 549,6 ming nafarini erkaklar, 1 mln 499,4 ming nafarini ayollar tashkil etgan. Hududlar kesimida eng ko‘p aholi Namangan shahrida 372,8 ming nafar, Chust 284,0 ming nafar va To‘raqo‘rg‘on 243,8 ming nafar ekanligi qayd etildi.