24/10/2023

2023-yilning 1-oktabr holatiga Namangan viloyatida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar soni 19 094 tani tashkil etib, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 12 trln 802,6 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘sish surati 2022-yilning mos davriga nisbatan 109,5 foizni ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga bozor xizmatlarining eng katta hajmlari uchta soha hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ya’ni, savdo xizmatlari 4 trln. 6,8 mlrd, moliyaviy xizmatlar 2 trln 185,9 mlrd, transport xizmatlari 2 trln. 354,9 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Hududlar kesimida eng ko‘p ko‘rsatilgan bozor xizmatlari Namangan shahrida 5 trln. 143,0 mlrd. so‘mni yoki viloyat bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmini 40,0 % ini tashil etmoqda.