Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 10 trln. 3,9 mlrd. so‘mga yetib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 104,8 % ni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 49,6 % ni tashkil etdi.
Chorvachilik mahsulotlari tarkibiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2023-yilning yanvar - sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 140,1 ming tonna go‘sht, 611,1 ming tonna sut, 499,3 mln. dona tuxum, 1416 tonna jun ishlab chiqarildi va 4 ming 672,5 tonna baliq ovlandi.
24/10/2023