25/10/2023

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Yangi Namanagan tumani bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 1 trln. 92,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 109,2 % ga yetgan. Shu jumladan, kichik korxona va mikrofirmalarning tovar aylanmasi 499,2 mlrd. so‘mni, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar aylanmasi 577,2 mlrd. so‘mni, shundan, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 245,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan.