26/10/2023

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 21 trln. 700,4 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 105,0 % ni tashkil etgan. Shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 20 trln. 308,6 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 1 298,1 mlrd. so‘mni va baliqchilik xo‘jaligi 93,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Namangan viloyatining ulushi 7,4 % ni tashkil etdi.