26/10/2023

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, Namangan viloyat bo‘yicha 1669 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 5 trln. 385,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. O‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 105,5 % ni tashkil etdi. Qurilish ishlari hajmining tarkibida yirik qurilish tashkilotlari - 9,2 %, norasmiy sektor - 32,8 % hamda kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 58,0 % ni tashkil etmoqda.