2023-yil 26-oktabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda boshqarma boshlig‘i S. Melixujayev va bosh yuriskonsult B.Ismatullayevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-bobi Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga bag‘ishlanganligini, xususan Qonunning 16-moddasiga ko‘ra, davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rishi, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir tushuntirish ishlarini amalga oshirish, huquqiy tarbiya va ta’limni, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish yo‘li bilan zarur chora-tadbirlar ko‘rishi belgilanganligini aytildi.
Shuningdek, seminar davomida korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy madaniyati va ongi yuksaltirilmas ekan korrupsiyaga barham berib bo‘lmasligini, korrupsiya illatlari tobora rivojlanib, aholining huquqiy ongi va madaniyati yetishmasligidan foydalanib, o‘z manfaatlari yo‘lida ta’magirlik yoki boshqa moddiy manfaatdorlik ko‘rish maqsadida foydalanishda davom etishliklarini ta’kidlandi.