27/10/2023

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati jahonning 75 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi 1 mlrd 9,5 mln AQSH dollariga yetgan. Bu 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 72,7 mln AQSH dollari yoki 8,8 % ga ko‘paygan. Savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Rossiya (30,9 %), Xitoy (22,6 %), Turkiyada (7,8 %) va Qozog‘iston (7,8 %) hissasiga to‘g‘ri keladi.