Joriy yilning 27-oktabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan joriy yilning oktabr oyi davomida qabul qilingan (Lex.uz tizimiga kiritilgan) qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini to‘g‘risida tushunchalar berdi.
Seminarda joriy yilning oktabr oyi davomida davomida O‘zbekiston Respublikasining 2 ta Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14 ta farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20 ta qarorlari hamda vazirlik va idorlarning 9 ta normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilinganligini to‘g‘risida ma’lumotlar berib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berib o‘tildi.