31/10/2023

 Namangan viloyati bo‘yicha 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 12 trln. 933,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 106,8 % ga yetgan. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 796,6 mlrd. so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 12 trln. 136,6 mlrd. so‘mni, shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 trln. 286,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan.