Joriy yilning 27- oktabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida axborot xavfsizligini ta'minlash yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati, bo‘lim boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Melixujayev xar bir xodim boshqarma tomonidan tasdiqlangan axborot xavfsizligi siyosatiga, kompyuterdan foydalanish qoidalariga hamda internetdan foydalanish odobiga rioya etishi zarurligi haqida alohida takildlab o‘tdi.
Shuningdek, Dasturiy texnik ta’minot va ma’umotlarni saqlash markazi boshlig'i A. Mutalov axborot xavfsizligi siyosatiga tahdidlar, ularning turlari, xavfli darchalar, tahdid mezonlari, ichki va tashqi tahdidlar yuzasidan ma’lumotlar berdi.
O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Axborot xizmati