03/11/2023

Joriy yilning 3-noyabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 11- sentabrdagi «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi to‘g‘risida PF-158-son Farmoni yuzasidan tushunchalar berildi.

Xususan, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish; aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish; aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish; xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish; mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash g‘oyalari aks etganligi bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, strategiyada 5 ta ya’ni, har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish; barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash; suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish; qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish; “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yo‘nalishlarida 100 ta maqsad belgilab olinganligi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.