03/11/2023

2023-yil yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatning Turkiya bilan tashqi savdo aylanmasi 80,0 mln.AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 mln.AQSH dollariga ko‘paygan. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 29,4 mln.AQSH dollarini, import hajmi esa 50,6 mln.AQSH dollarini tashkil etgan.

Ma’lumot o‘rnida, Namangan viloyati o‘tgan 9 oyda 75 dan ortiq davlatlar bilan tashqi savdo aloqlarini amalga oshirgan bo‘lib, savdo aylanmasida Turkiya davlatining ulushi 7,8 % ga to‘g‘ri kelgan.