2023-yilning 1-oktabr holatiga Namangan viloyatida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar soni 19 094 tani tashkil etib, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 12 trln 802,6 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘sish surati 2022-yilning mos davriga nisbatan 109,5 foizni ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga bozor xizmatlarining eng katta hajmlari uchta soha hissasiga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, savdo xizmatlari 4 trln 6,8 mlrd, moliyaviy xizmatlar 2 trln 185,9 mlrd, transport xizmatlari 2 trln 354,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.