03/11/2023

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar 706 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy ilning yanvar-sentabr oylarida 290,4 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,6 %ga yetgan. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning ulushi 2,3 % ni tashkil etdi.