Statistika agentligining 2022- yil 30- iyundagi 21- sonli qаrоri “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo‘jalik qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo‘yicha uslubiy nizomi” tasdiqlangan. Mazkur nizomga asosan yilda bir marta 4-TJ so‘rovnoma “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joy to‘grisida”gi tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish belgilangan.
Jumladan, joriy yilning 3- noyabr kuni Norin tumani "Bobur" hamda "Furqat" mahalla fuqarolar yig'inida 4-TJ tanlanma kuzatuvlari tashkil etildi.
Kuzatuvda Namangan viloyati statistikasi boshqarma boshlig'ining birinchi o‘rinbosari B. Xoliqov, Norin tuman statistika bo'limi boshlig'i Z. Imamov hamda Tuman kadastr bo'limi xodimi X. Qodirov intervyuyerlar tomonidan o’tkazilayotgan 4-TJ so‘rovnoma kuzatuvida qatnashib, xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdilar.
Shuningdek, B. Xoliqov tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuyerlarga kerakli topshiriqlar berdi.