2023- yil yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatning Xitoy Xalq Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi 230,1 mln.AQSh dollarini tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 17,4 mln.AQSh dollariga ko'paygan.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 30,4 mln.AQSh dollarini, import hajmi esa 199,7 mln.AQSh dollarini tashkil etgan.
Ma’lumot o’rnida, Namangan viloyati o’tgan 9 oyda 75 dan ortiq davlatlar bilan tashqi savdo aloqlarini amalga oshirgan bo’lib, Viloyat tashqi savdo aylanmasidagi Xitoy respublikasining ulushi 22,6 % bilan Rossiya davlatidan keying o’rinni egallagan.