06/11/2023

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Mingbuloq tumanida ishlab chiqarilgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot(xizmat)larining hajmi 1 trln. 444,0 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 110,6 % ni tashkil etdi. O‘tgan 9 oyda 77,7 ming tonna donli ekinlar, 15,0 ming tonna sabzavotlar, 6,6 ming tonna kartoshka, 14,9 ming tonna poliz mahsulotlari va 7,0 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.