08/11/2023

Joriy yilning 8-noyabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari R. Jiyanov hamda “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i N. Najmiddinov tomonidan To‘raqo'rg'on tumaniga qarashli Bekobod va Birlashgan mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan hamkorlikda ishlar tashkil etilmoqda. Xususan, mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida ham kelishib olindi.