08/11/2023

Statistika agentligining 2022-yil 30-iyundagi 21- sonli qаrоri “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo‘jalik qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo‘yicha uslubiy nizomi” tasdiqlangan. Mazkur nizomga asosan yilda bir marta 4-TJ so‘rovnoma “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joy to‘grisida”gi tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish belgilangan.

Jumladan, joriy yilning 8-noyabr kuni To‘raqo‘rg‘on tumanida 4-TJ tanlanma kuzatuvlari tashkil etildi.

Kuzatuvda Namangan viloyati statistikasi boshqarma boshlig'ining o‘rinbosari R. Jiyanov intervyuyerlar tomonidan o’tkazilayotgan 4-TJ so‘rovnoma kuzatuvida qatnashib, xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi.

Shuningdek, R. Jiyanov tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuyerlarga kerakli topshiriqlar berdi.