08/11/2023

2023-yil yanvar-sentabr oylarida Yangiqo‘rg‘on tumanida asosiy kapitalga 464,8 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 83,9 %ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan investitsiyalar hajmi 1 mln. 968,3 ming so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, investitsiya dasturi doirasida tumanda 72,8 ming kvadrat metr yakka tartibdagi turar joylar foydalanishga topshirilgan.