09/11/2023

2023-yil yanvar-sentabr oylarida Uchqo‘rg‘on tumanida asosiy kapitalga 486,8 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 107,0 %ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan investitsiyalar hajmi 2 mln. 658,7 ming so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, investitsiya dasturi doirasida tumanda 80,8 ming kvadrat metr yakka tartibdagi turar joylar foydalanishga topshirilgan.