10/11/2023

Joriy yilning 10-noyabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 11- sentabrdagi «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi to‘g‘risida PF-158-son Farmoni 1-yo‘nalishidagi maqsadlari yuzasidan tushunchalar berildi.

Xususan, mazkur yo‘nalishdagi aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha, yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo‘nalishlaridagi, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha belgilangan maqsadlar to‘g‘risida xodimlarga batafsil tushunchalar berib o‘tildi.