10/11/2023

Joriy-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 711 tani tashkil etib, 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida bu sohada 86 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:

  • Namangan shahri – 272 ta
  • Chust tumani – 57 ta
  • Kosonsoy tumani – 49 ta
  • Pop tumani – 47 ta