2023-yil yanvar-sentabr oylarida Kosonsoy tumanida asosiy kapitalga 486,8 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 147,0 %ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan investitsiyalar hajmi 2 mln. 740,8 ming so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, investitsiya dasturi doirasida tumanda 133,7 ming kvadrat metr yakka tartibdagi turar joylar foydalanishga topshirilgan.