2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati boʻyicha 5 219,1 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlarining jamiga nisbatan ulushi – 75,1 %ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari ulushi – 9,4 %ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari ulushi – 15,5 %ni tashkil etdi.