Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 339,2 mlrd. so‘mga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,1 % ni tashkil etdi. Bozor xizmatlaridagi ulushi esa 2,6 %ga to'g'ri kelmoqda.