2023-yilning yanvar-oktabr oyida jami 76 734 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan. Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 28 848 ta
sanoat sohasida – 12 371 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 8 217 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 4 963 ta
qurilish sohasida – 4 212 ta
tashish va saqlash sohasida – 3 466 ta
axborot va aloqa sohasida – 2 519 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 1 264 ta
boshqa sohalarda – 10 874 ta