14/11/2023

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 455,3 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport hajmi 286,2 mln. AQSH dollari, import hajmi esa 168,7 mln. AQSH dollariga yetdi.

Shuni takidlash lozimki, YEOIIning aʼzo davlatlari (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iz Respublikasi) o‘rtasida tovarlar va xizmatlar harakati, migrantlar harakatlanishi va kapital harakatining erkinligi taʼminlangan bo‘lib, yagona bojxona tizimiga ega bo‘lgan umumiy iqtisodiy hudud shakllantirilgan.