2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramollar soni 13,9 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,0 %ga koʻpaydi.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillar, yirik shoxli qoramollar umumiy sonining 91,3 %i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 7,0 %i – fermer xoʻjaliklari, 1,7 %i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.