15/11/2023

Viloyatda investitsiya muhitining yaxshilanib borayotgani sari va ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mashina va asbob-uskunalar importining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, 2023- yil yanvar-sentabr oyida import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 193,5 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning shu davriga nisbatan 23,0 mln. AQSH dollariga ko‘paydi.

Ushbu tovarlarni Namangan viloyatiga yetkazib berishning asosiy qismi Xitoy — 96,2 mln. AQSH dollari, Turkiya — 23,0 mln. AQSH dollari, Germaniya — 18,2 mln. AQSH dollari, Litva – 7,3 mln. AQSH dollari, Janubiy Koreya 7,7 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.