15/11/2023

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan shahrining tashqi savdo aylanmasi hajmi 454,6 mln. AQSH dollariga yetib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 132,1 %ni tashkil etgan. Savdo aylanmasida eksport hajmi 147,4 mln. AQSH dollarini, import hajmi esa 307,2 mln. AQSH dollarini tashkil etmoqda. Viloyat bo‘yicha jami tashqi savdo aylanmasi hajmining 44,6 %i mazkur hudud hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.